locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Firdavs Abdurahmonov gol urgan bahsda O‘zbekiston U23 Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi

Vaqillarimizning keyingi uchrashuvi 30 mart kuni Albaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. Firdavs Abdurahmonov gol urgan bahsda O‘zbekiston U23 Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi
Фото: ЎФА

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 jamoasi Antaliyadagi yig‘in doirasida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvda rossiyaliklar 1-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada “Dinamo” hujumchisi Firdavs Abdurahmonovning ajoyib goli bilan O‘zbekiston U23 jamoasi hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda esa ruslar 60-daqiqada ikkinchi golni urib, yakunda g‘alabaga erishdi – 2:1.

Vaqillarimizning keyingi uchrashuvi 30 mart kuni Albaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 27 mart
Rossiya U23 – O‘zbekiston U23 – 2:1
Gollar: Andrey Ivlev 1ʼ, Gleb Popilotov 60ʼ - Firdavs Abdurahmonov 44ʼ.
O‘zbekiston U23: Samandar Muratbaev, Dilshod Murtazoyev (Narimon Ahmadonov 63ʼ), G‘iyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullaev (Muhammedali Reimov 72ʼ), Sardor Bahromov (Rustam Fomin 63ʼ), Saidumarxon Saidnuruallaev (Nurlan Ibraimov 63ʼ), Muhammadali Orinboev (Ollobergan Karimov 72ʼ), Firdavs Abdurahmonov (Javohir Ubaydullaev 72ʼ), Dilshod Abdullaev, Amirbek Saidov (Asilbek Jumayev 46ʼ), Muhammadbobur Karimov (Ruziboy Fayzullaev 82ʼ).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting