locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Zenit»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi

Yagona gol bahs taqdirini hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Zenit»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" jamoasi BAAdagi ikkinchi yig‘in doirasidagi birinchi uchrashuvni Abu-Dabida "Zenit"ga qarshi o‘tkazdi.

O‘yin oldidan "Zenit" "An-Nasr"dan Jon Duran transferini amalga oshirgan bo‘lsa-da, bu bahsda maydonga tushirmadi. Shunga qaramay, Sergey Semak ham, Vadim Abramov ham uchrashuvni jangovar tarkibda boshladi.

Birinchi bo‘limda Aleksandr Eroxin Rossiya klubining yagona goliga mualliflik qildi, jamoamizdan esa Azizbek Amonov yakka-yakka vaziyatdan foydalana olmadi – 1:0.

Ikkinchi bo‘lim Samarqand jamoasi ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, Vadim Abramov shogirdlari bir qator imkoniyatdan foydalana olishmadi. Bahsda Rossiyaning 10 karra chempioni minimal hisobda ustun keldi.

O‘rtoqlik o‘yini. 9 fevral. Abu-Dabi
Zenit (Rossiya) – Dinamo (Samarqand) – 1:0
Gol: Aleksandr Eroxin, 5.
"Dinamo": Nemanov, Qodirqulov, Dembele, O‘rozov, Jumaboyev, Mavretich, To‘xtasinov, Abdusalomov, Amonov, Hojimirzayev, Abdurahmonov.
Zaxiradan tushganlar: Ulug‘bek Hoshimov, Xislat Xalilov, Rasul Yo‘ldoshev, Behruzbek Obloqulov, Abdulahad Hoshimov, Akbar Xudoyberdiyev, Bektemir Abdumannnov, Salou, Ulug‘bek Abdullayev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting