O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Qozog‘iston vitse-chempioniga mag‘lub bo‘ldi
Superliga yangi mavsumiga BAAda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi ikkinchi yig‘in doirasidagi 4-o‘rtoqlik o‘yinini qo‘shni mamlakat jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Vadim Abramov boshchiligidagi Samarqand jamoasi Qozog‘istonning eng sovrindor klubi – 7 karra chempion “Astana”ga qarshi maydonga tushdi. O‘tgan yilgi vitse-chempion bilan bahsning birinchi bo‘limida “dinamochilar” bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi, raqib esa ilk vaziyatda penalti ishlab, 11 metrlik jarima nuqtasidan hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda ham vakillarimiz hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo 65-daqiqada Nurillo To‘xtasinov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Shunga qaramay, 83-daqiqada Dramané Salou hisobni tenglashtirdi. Ammo raqib so‘nggi daqiqalarda jamoamiz hujumga o‘tib ketganidan qarshi hujumdan foydalandi – 2:1.
O‘rtoqlik o‘yini.
Astana – Dinamo – 2:1
Gollar: 44 penalti, 88 – Dramané Salou 83.
Chetlatish: N.To‘xtasinov, 60.
“Dinamo”: Yagudin, Jumaboyev, Dembele, O‘rozov, Qodirqulov, Mavretich, To‘xtasinov, Yo‘ldoshev, Amonov, Abdusalomov, Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nemanov, Brazil, Mustafoyev, Salou, Obloqulov, Abdullayev, Abdumannopov, Xudoyberdiyev, Xalilov, A.Hoshimov, U.Hoshimov.