locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

Yagona gol Anvarjon Hojimirzayev hisobiga yozildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Qizilqum»ni mag‘lub etdi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi Samarqanddagi yig‘in doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Jomboy tumanidagi markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi saf tortishdi. Uchrashuvda Vadim Abramov ham, Akmal Rustamov ham bir qator ko‘rikdagi yosh o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Bahsning 56-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayev jarima zarbasidan darvoza to‘sinigga mo‘ljal olgan bo‘lsa, qaytgan to‘pni Ulug‘bek Hoshimov darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

O‘yin yakunigacha hisob o‘zgarmadi va bahs “Dinamo”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik o‘yini. 28 dekabr
“Dinamo” - “Qizilqum” - 1:0
Gol: Ulug‘bek Hoshimov, 56.
“Dinamo”: Ravshanbek Yagudin, Jaloliddin Jumaboyev, Ko‘rikdagi futbolchi, Salim Mustafoev (Muhammadbobur Asadullaev), Sanjar Qodirqulov, Oybek Hamroqulov, Rasul Yo‘ldoshev, Abdulahadjon Hoshimov (Mirjahon Mirahmadov), Behruzbek Obloqulov, Xislat Xalilov, Anvarjon Hojimirzayev (Behruzbek Obloqulov), Ulug‘bek Hoshimov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting