locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Dubayda Qozog‘iston klubidan ustun keldi

Hojimirzayev dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Dubayda Qozog‘iston klubidan ustun keldi
Фото: Динамо ПФК

Yangi mavsumga Dubayda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi ilk xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Qozog‘istonning "Qaysar" klubi bilan o‘tkazdi.

"Al-Rashid" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov deyarli barcha futbolchilariga imkoniyat berdi. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Nurullo To‘xtasinovning uzatmasidan so‘ng Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida qozog‘istonliklar hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda esa Hojimirzayev avval dublini nishonladi, ko‘p o‘tmay Sanjar Qodirqulov jarima zarbasidan mahoratli gol urib, hisobni 3:1 ga yetkazdi.

Shu tariqa, Samarqand klubi yig‘indagi ilk bahsida Qozog‘iston jamoasidan ustun keldi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini. 19-yanvar
Dubay, Al-Rashid stadioni.
"Dinamo" (O‘zbekiston, Samarqand) - "Qaysar" (Qizilo‘rda, Qozog‘iston) – 3:1
Gollar: Anvarjon Hojimirzayev 1, 52 (penalti), Sanjar Qodirqulov 57 – Nurdavlet Agzambaev 33.
"Dinamo": Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Jaloliddin Jumaboyev, Salim Mustafoev, Sanjar Qodirqulov, Til Mavretich, Nurullo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzayev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting