locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Samarqandliklar ikkinchi o‘yinda ham muvaffaqiyat qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida bugun, 23-yanvar kuni ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini mahalliy jamoaga qarshi o‘tkazdi.

Birlashtirilgan Arab Amirliklari birinchi divizioni vakili “Gulf United”ga qarshi uchrashuvda murabbiylar bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Qator hujumlardan biri 28-daqiqada samarasi­ni berdi – Sanjar Qodirqulovning uzatmasini Rasul Yo‘ldoshev golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa bir qator o‘zgarishlardan keyin tajriba o‘z so‘zini aytdi. Xislat Xalilov 46-daqiqada ikkinchi golni urgani bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Azizbek Amonov dublga erishdi. Yana bir golga esa Nurullo To‘xtasinov mualliflik qildi – 5:0.

Shu tariqa, “Dinamo” Dubaydagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida mahalliy jamoa ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Navbatdagi o‘yin – 25-yanvar kuni Moskvaning CSKA jamoasiga qarshi Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 23-yanvar. Dubay
“Gulf United” (Dubay, BAA) - “Dinamo” (Samarqand, O‘zbekiston) - 0:5 (0:1)
Gollar: Rasul Yo‘ldoshev 28, Xislat Xalilov 46, Azizbek Amonov 52, 69, Nurullo To‘xtasinov.
“Dinamo”: Ravshanbek Yagudin (Sarvar Karimov, 46), Mauro Brazil (Dramane Salou, 65), Jaloliddin Jumaboev (Til Mavretich, 46), Ulug‘bek Abdullayev (Bahodir Nasimov, 82), Sanjar Qodirqulov, Oybek Hamroqulov (Nurullo To‘xtasinov, 38), Abdulahad Hoshimov (Kingli Sarfo, 35), Akbar Xudoyberdiyev (Behruzbek Obloqulov, 35, Mirjahon Mirahmadov 70), Bektemir Abdumannnov (Jahongir Abdusalomov, 46), Rasul Yo‘ldoshev (Xislat Xalilov, 46), Ulug‘bek Hoshimov (Azizbek Amonov, 46).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting