O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Aral»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun, 5 fevral kuni “Dinamo” jamoasi Toshkentda Nukusning “Aral” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ne’matilla Qutiboyev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag‘lub etishdi.
O‘yin 2-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayevning uzatmasidan so‘ng Azizbek Amonov hisobni ochgan bo‘lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzayevning uzatmasidan keyin hujumga yetib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan ajoyib golga mualliflik qildi – 2:0.
Ikkinchi bo‘limda esa Nurillo To‘xtasinov va Mirjahon Mirahmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.
Bugungi bahsda fransiyalik himoyachi Mahammadu Dembele jamoamiz ko‘rigida qatnashdi.
O‘rtoqlik o‘yini. 5 fevral
“Dinamo” - “Aral” - 4:0
Gollar: Azizbek Amonov 2, Mauro Brazil 8, Nurillo To‘xtasinov 55, Mirjahon Mirahmadov 77.
“Dinamo”: Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir O‘rozov, Mahammadu Dembele, Draman Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiyev, Anvarjon Hojimirzayev, Azizbek Amonov, Ulug‘bek Hoshimov.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug‘bek Abdullayev, Kingsley Sarfo, Bektemir Abdumannopv, Nurillo To‘xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Obloqulov.