locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Chelsi» «Milan»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bellashuv Indoneziyada bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. "Chelsi" "Milan"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" klubi o‘rtoqlik o‘yinida "Milan"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Londonliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bahs Jakarta shahridagi "Bung Karno" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisob 45+2-daqiqada ochildi. Joao Pedru "Chelsi"ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng, 46-daqiqada braziliyalik hujumchi yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi.

50-daqiqada Moyses Kaysedo londonliklarning uchinchi golini urdi va jamoasiga 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani taʼminladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida "Chelsi" 52 ochko to‘plab, 10-o‘rinni egallagan va evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmagan.

"Milan" esa Italiya chempionatini 70 ochko bilan 5-o‘rinda yakunlagan. Shu sababli milanliklar yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.

O‘rtoqlik o‘yini
Chelsi – Milan 3:0
Gollar
: Joao Pedru 45+2, 46, Kaysedo 50

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting