locale OZ

Oʻrtoqlik oʻyini. Argentina terma jamoasi Zambiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Uchrashuvda Messi oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻrtoqlik oʻyini. Argentina terma jamoasi Zambiyani yirik hisobda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Bugun, 1 aprel kuni Buenos-Ayresdagi «Bombonera» stadionida Argentina va Zambiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Amaldagi jahon chempionlari tarkibida hujumchilar Xulian Alvares va Lionel Messi, yarimhimoyachi Valentin Barko hamda himoyachi Nikolas Otamendi (penaltidan) o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, Zambiya terma jamoasi a’zosi Dominik Chanda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi «J» guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida ularga Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari raqiblik qiladi. Ushbu guruhning barcha uchrashuvlari AQSH stadionlarida o‘tkazilishi belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting