locale OZ

Oʻrtoqlik oʻyini. Argentina safarda Puerto-Rikoni yirik hisobda magʻlub etdi

Uchrashuvda Lionel Messi ikkita assist amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻrtoqlik oʻyini. Argentina safarda Puerto-Rikoni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Argentina milliy jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida Puerto-Riko bilan oʻzaro bahs olib bordi va yakunda yirik 6:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Argentinaliklar safida Aleksis Makallister va Lautaro Martines dublga erishdi. Yana bir golni himoyachi Gonsalo Montiel kiritgan boʻlsa, Puerto-Riko futbolchisi Stiven Echeverriya kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

Jamoa sardori Lionel Messi esa ikkita golga assistentlik qildi.

Maʼlumot uchun, Argentina navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Oʻrtoqlik oʻyini

Puerto-Riko — Argentina 0:6

Gollar: Montiel (23), Makallister (14, 36), Echeverriya (avt. 64), Martines (79, 84).

Puerto-Riko — Katler, Paris (Rios, 73), Kardona (Sulia, 82), Kalderon, Echeverriya, Angking (O'Neyl, 61), Ydrach, Leon (Ernandes, 61), V. Rivera (Rossi, 82), Antonetti, R. Rivera (Dias, 73).

Argentina — Martines (Kambeses, 78), Montiel (Molina, 61), Balerdi, Otamendi (Rivero, 46), Gonsales, Simeone (Paz, 58), De Paul, Lo Chelso (Moreno, 46), Makallister, Lopes (Martines, 61), Messi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting