locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Burkina-Fasoni yirik hisobda mag‘lub etdi

Argentina 7-oktabr kuni Benin terma jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Burkina-Fasoni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
03.10.2026, Yak.
Argentina
7
Burkina-Faso
0

Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Burkina-Fasoni 7:0 hisobida tor-mor keltirdi. Hisob 4-daqiqada ochildi. Lautaro Martines Argentinani oldinga olib chiqdi. 8-daqiqada Burkina-Faso himoyachisi Mumuni Diallo o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi.

12-daqiqada Janluka Prestyanni hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar Niko Pas va Xulian Alvares yana ikkita gol urdi — 5:0.

Ikkinchi bo‘limda Franko Mastantuono 57-daqiqada Argentinaning oltinchi golini kiritdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda esa Xuliano Simeone yakuniy hisobni belgiladi — 7:0.

Shu tariqa, uch karra jahon chempioni bo‘lgan Argentina raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi. Argentina navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 7-oktabr kuni Benin terma jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Argentina - Burkina-Faso - 7:0
Gollar: Martines, 4; Diallo, 8 (avtogol); Prestyanni, 12; Pas, 35; Alvares, 36; Mastantuono, 57; Simeone, 90+3.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting