locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Afrika jamoasini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Messi zaxiradan maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Afrika jamoasini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Argentina va Mavritaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘olib jamoa safida gollarga argentinalik yarim himoyachilar Enso Fernandes (unga Nauel Molina assist berdi) va Nikolas Pas mualliflik qildi.

Mehmonlar tarkibida esa yagona golni himoyachi Jordan Lefor 90+4-daqiqada kiritdi.

Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 1 aprel kuni o‘z maydonida Zambiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 04:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
28 mart 2026 yil, shanba.
Argentina — Mavritaniya - 2:1
Gollar: 1:0 — Fernandes (17), 2:0 — Pas (32), 2:1 — Lefor (90+4)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting