O‘rtoqlik o‘yini. 7ta gol urilgan bahsda «Dinamo» CSKAni mag‘lub etdi
"Dinamo" jamoasi Abu-Dabida Rossiyaning 6 karra chempioni CSKAga qarshi maydonga tushib, ajoyib g‘alabaga erishdi.
Vadim Abramov shogirdlari Moskva klubi bilan bahsda milliy jamoaga yo‘l olgan Anvarjon Hojimirzayev, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir O‘rozov va Edem Nemanovsiz to‘p surgan bo‘lsa-da, CSKAning asosiy tarkibini mag‘lub etishga erishdi. Birinchi bo‘limda To‘xtasinov va Amonovning golidan so‘ng taym 2:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda CSKA 3:2 hisobida oldinda borgan bo‘lsa-da, Samarqand jamoasi Qodirqulovning goli bilan hisobni 3:3 ga aylantirdi, 90+2-daqiqada esa yosh yarimhimoyachi Abdulahad Hoshimov o‘zbek klubiga Rossiya jamoasi ustidan g‘alaba keltirdi – 4:3.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini.
25 yanvar, Abu-Dabi.
CSKA (Moskva, Rossiya) – Dinamo (Samarqand, O‘zbekiston) – 3:4
Gollar: - Nurillo To‘xtasinov 13, Azizbek Amonov 35, Sanjar Qodirqulov 82, Abdulahad Hoshimov 90+2
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jaloliddin Jumaboyev, Mauro Brazil, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Kingsley Sarfo, Nurillo To‘xtasinov, Xislat Xalilov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Til Mavretich, Oybek Hamroqulov, Mirjahon Mirahmadov, Rasul Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Hoshimov, Behruzbek Obloqulov, Akbar Xudoyberdiyev, Bektemir Abdumannov, Abdulahad Hoshimov.