locale OZ

O‘rozovga Germaniya Bundesligasidan taklif bor — OAV

Uning samarqandliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rozovga Germaniya Bundesligasidan taklif bor — OAV
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Germaniyaning Kicker nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi “Borussiya Myönxengladbax”ning yozgi transferlar uchun shakllantirilgan kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan.

Manbaga ko‘ra, Myönxengladbax klubi yangi mavsum oldidan markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu sabab seleksiya bo‘limi bir qator yosh himoyachilarni kuzatmoqda va O‘rozov ham ana shunday nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Jahongir O‘rozov ayni paytda Samarqandning “Dinamo” klubida to‘p suradi. Uning samarqandliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting