Oq uy vakili somalilik hakamning AQShga kiritilmagani sababini ochiqladi
AQShda boʻlib oʻtadigan JCh-2026 musobaqasiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Oq uy ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani Afrikaning eng yaxshi hakami Omar Abdulkadir Artanning mamlakatga kiritilmagani va unga viza berilishi rad etilgani holatiga izoh berdi.
«Hakamning mamlakatga kiritilmagani Trampning Somali shiforiga aytgan tanqidlari bilan bogʻliqmi? Bu savolning qoʻyilish uslubi mutlaqo notoʻgʻri. Prezident bir masalada qatʼiy va men uni bu borada toʻliq qoʻllab-quvvatlayman: biz Jahon chempionati munosabati bilan ham, boshqa biron bir sabab tufayli ham AQSh hududiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻymaymiz», — dedi Julian.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq somaliyalik referi barcha hujjatlari va vizasi joyida boʻlishiga qaramay, Mayami xalqaro aeroportida mamlakat immigratsiya xizmati tomonidan ortga qaytarilgani hamda faoliyatidagi eng katta orzusi boʻlmish Jahon chempionatidan mahrum boʻlgani haqida xabar berilgan edi.