Opta superkompyuteri UEFA Chempionlar Ligasining asosiy favoritini e’lon qildi
Turnirning 1/8 finali yakunlandi.
FOTO: Getty Images
Opta tahliliy markazi superkompyuteri 2025/2026 yilgi mavsum 1/8 final javob uchrashuvlari yakuniga ko‘ra musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlarni aniqladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida g‘alaba qozonish uchun eng yuqori imkoniyat Londonning «Arsenal» klubida (29,73%) mavjud.
Chempionlar ligasining g‘olibligi uchun da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
- «Arsenal» – 29,73%
- «Bavariya» – 18,33%
- «Barselona» – 15,66%
- «PSJ» – 11,87%
- «Real» Madrid – 9,85%
- «Liverpul» – 7,12%
- «Atletiko» – 4,41%
- «Sporting» – 3,03%
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» jamoasi hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsumning final bahsida Italiyaning «Inter» klubi ustidan g‘alaba qozonishgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist