locale OZ

Opta superkompyuteri Paragvay — Fransiya o‘yini favoritini aytdi

Durang va penaltilar seriyasi ehtimoli 13,6 foiz deb ko‘rsatilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri Paragvay — Fransiya o‘yini favoritini aytdi
Foto: Getty Images

JCh-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Paragvay — Fransiya uchrashuvi oldidan Opta superkompyuteri jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

25 mingta simulyatsiya natijasiga ko‘ra, Fransiya ushbu bahsning yaqqol favoriti sifatida ko‘rilmoqda.

Opta hisob-kitobiga ko‘ra, fransuzlarning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 79,7 foizni tashkil qilmoqda.

Paragvayning g‘alaba qozonish imkoniyati esa 6,7 foizga baholangan. Durang va penaltilar seriyasi ehtimoli 13,6 foiz deb ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Paragvay 1/16 finalda Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, katta sensatsiya qayd etgan edi. Fransiya esa Shvetsiyani 3:0 hisobida yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting