locale OZ

Opta superkompyuteri La Liga chempionligi uchun kurashda «Barselona» va «Real» imkoniyatlarini baholadi

Hozirda kataloniyaliklar madridliklardan 7 ochkoga ilgarilab ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri La Liga chempionligi uchun kurashda «Barselona» va «Real» imkoniyatlarini baholadi
FOTO: Getty Images

Opta superkompyuteri Ispaniya La Ligasining 30-turidan so‘ng «Barselona» va Madridning «Real» klublarining chempionlik imkoniyatlarini tahlil qilib chiqdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yakunda «Barselona»ning chempion bo‘lish ehtimoli 92% ni tashkil etmoqda. «Qaymoqranglilar»ning zafari esa bor-yo‘g‘i 8% ga baholangan.

Ispaniya chempionatining 30 ta o‘yinidan so‘ng «Barselona» 76 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi esa 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Navbatdagi turda Hans-Diter Flik shogirdlari 11 aprel kuni o‘z maydonlarida «Espanyol»ni qabul qilishsa, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa 10 aprel kuni «Jirona»ga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting