locale OZ

Opta superkompyuteri Ispaniya va Portugaliyaning g‘alaba imkoniyatlarini baholadi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu bahsda Ispaniya favorit sifatida ko‘rilmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Opta superkompyuteri Ispaniya va Portugaliyaning g‘alaba imkoniyatlarini baholadi
Foto: Getty Images

Opta statistik portali superkompyuteri JCh-2026 nimchorak finalidan o‘rin olgan Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi oldidan jamoalarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu bahsda Ispaniya favoriti sifatida ko‘rilmoqda. Superkompyuter Ispaniya terma jamoasining chorak finalga yo‘l olish ehtimolini 53,8 foiz, Portugaliyanikini esa 46,2 foiz deb baholagan.

Opta prognoziga ko‘ra, jamoalar imkoniyatlari deyarli teng bo‘lsa-da, Ispaniya musobaqadagi barqaror o‘yinlari va himoyadagi ishonchli harakatlari evaziga kichik ustunlikka ega. Portugaliya esa turnirdagi ayrim qiyin o‘yinlarga qaramay, tarkibidagi yuqori saviyali futbolchilar hisobiga istalgan raqibni mag‘lub etish salohiyatiga ega ekani qayd etilgan.

Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuv bugun JCh-2026 nimchorak finalining markaziy qarama-qarshiliklaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. G‘olib jamoa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting