locale OZ

Opta superkompyuteri chorak final yakuniga koʻra Chempionlar Ligasi favoritini eʼlon qildi

Yarimfinalda «PSJ» «Bavariya» bilan, «Atletiko» esa «Arsenal» bilan toʻqnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri chorak final yakuniga koʻra Chempionlar Ligasi favoritini eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Opta superkompyuteri UEFA Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi yakunlariga ko‘ra musobaqa g‘olibligi uchun o‘z prognozlarini yangiladi. Bu haqda Opta Analyst nashri xabar bermoqda.

Opta talqiniga ko‘ra, jamoalarning Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari quyidagicha baholanmoqda:

  1. «Arsenal» (Angliya) — 38,6%;
  2. «Bavariya» (Germaniya) — 33,3%;
  3. «Pari Sen-Jermen» (Fransiya) — 19,1%;
  4. «Atletiko Madrid» (Ispaniya) — 9%.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum yarimfinalida «PSJ» «Bavariya» bilan, «Atletiko» esa «Arsenal» bilan kuch sinashadi. Yarimfinalning dastlabki uchrashuvlari 2026 yil 28 va 29 aprel kunlari, javob o‘yinlari esa 5 va 6 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yevropaning eng nufuzli klublararo turniri finali 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting