locale OZ

Opta superkompyuteri CHLda g'oliblikka da'vogarlik ro'yxatini yangiladi

Ligada 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri CHLda g'oliblikka da'vogarlik ro'yxatini yangiladi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” Yevropa Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rsatilmoqda. Bu haqda Opta superkompyuteri ma'lumot berdi.

Hozirda ortda qolgan ikki turdan so'ng oltita klub mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda – “Bavariya”, “Real”, “PSJ”, “Inter”, “Arsenal” va “Qarabağ”.

Opta superkompyuterining yangilangan hisob-kitoblariga ko'ra, ayni paytda turnirda g'alaba qozonishga asosiy da'vogar — “Arsenal”. Jamoaning chempionlikka erishish ehtimoli 18,1% deb baholangan. Ikkinchi o'rinda “Liverpul” (14,7%), uchinchi pog'onada esa “PSJ” (14%).

Shuningdek, kuchli beshlikdan “Manchester Siti” (9,7%) va “Bavariya” (9,5%) ham joy olgan.

Oltinchi o'rindan o'ninchi o'ringacha bo'lgan pog'onalarda esa “Barselona” (8,2%), “Real” (5%), “Inter” (3,7%), “Chelsi” (3,5%) va “Nyukasl” (3,1%) joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting