locale OZ

Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasi g'olibi kim bo'lishini taxmin qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasi g'olibi kim bo'lishini taxmin qildi
FОТО: UEFA.com

Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholab chiqdi.

Unga ko'ra, “Barselona” turnir chempionligiga asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. Kataloniyaliklarning g'olib bo'lish ehtimoli 23,1 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, ispan grandi ortida PSJ (19,3 foiz), “Arsenal” (15,6 foiz) va “Inter” (13,8 foiz) kabi klublar kelmoqda. “Real” esa 12,2 foiz bilan kuchli beshlikni yakunlab turibdi.

Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan dastlabki bahslar 8-9-aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting