Opta superkompyuteri Chempionlar ligasi finali favoritini e’lon qildi
Opta Analyst superkompyuteri 1/2 final bosqichi yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi g‘olibi borasidagi prognoziga tuzatish kiritdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya grandi o‘z tarixidagi ilk asosiy yevrokubok sovrinini qo‘lga kiritishi kerak.
7-may holatiga ko‘ra Opta Analyst talqini bo‘yicha Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari:
“Arsenal” (Angliya) — 55,76%;
“Pari Sen-Jermen” (Fransiya) — 44,24%.
UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi yarim finalida “Arsenal” “Atletiko”dan ustun keldi (1:1, 1:0), “PSJ” esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Bavariya”dan o‘tdi (5:4, 1:1). Final o'yini 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
Parijliklar musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Kanonirlar” o‘tgan mavsumda yarim finalgacha yetib borib, bo‘lajak sovrin sohiblariga imkoniyatni boy bergandi.