locale OZ

Opta superkompyuteri «Arsenal» va «Man Siti»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlarini baholadi

Hozirda londonliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta superkompyuteri «Arsenal» va «Man Siti»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlarini baholadi
FOTO: Getty Images

Opta superkompyuteri APLning 32-turidan so‘ng «Arsenal» va «Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyatlarini qaytadan hisoblab chiqdi. Bu haqda Opta Analyst nashri xabar bermoqda.

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, «Arsenal»ning g‘alaba qozonish imkoniyati 87,26% ni tashkil etmoqda. «Manchester Siti»ning chempion bo‘lish ehtimoli esa 12,74% ga baholandi. Ta’kidlash joizki, 32-tur o‘yinlariga qadar London klubining imkoniyatlari 97,7% deya ko‘rilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 32-turda Mikel Arteta shogirdlari «Bornmut»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2), Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa esa «Chelsi»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (3:0).

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» esa bitta zaxira o‘yiniga ega holda 64 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Navbatdagi turda ushbu jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi. Markaziy bahs 19 aprel kuni «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting