locale OZ

Opta superkompyuter YChL g'olibligi uchun da'vogarlar ro'yxatini yangiladi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Opta superkompyuter YChL g'olibligi uchun da'vogarlar ro'yxatini yangiladi
FOТО: UEFA.com

Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinlari yakunlanganidan so'ng g'oliblik uchun asosiy da'vogarlar ro'yxatini yangiladi.

Unga ko'ra, turnir chempionligi uchun Londonning “Arsenal” klubi eng katta imkoniyatga ega bo'lib turibdi - 28,4 foiz. Eng kam ko'rsatkich esa “Real Madrid” tegishli - 1,1 foiz.

UEFA Chempionlar Ligasi g'olibligi uchun da'vogarlarning to'liq ro'yxati quyidagicha:

  1. “Arsenal” - 28,4 foiz
  2. “Barselona” - 22,4 foiz
  3. “Inter” - 21,1 foiz
  4. PSJ - 18,8 foiz
  5. “Bavariya" - 3,7 foiz
  6. “Aston Villa” - 3,2 foiz
  7. “Borussiya Dortmund” - 1,3 foiz
  8. “Real Madrid” - 1,1 foiz

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi Madridning “Real” klubi hisoblanadi. “Qaymoqranglilar” ushbu turnirda jami 15 marotaba g'alaba qozongan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting