Opta. \"PSJ\" — klublar o‘rtasidagi JChning asosiy favoriti
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘zining qizg‘in bosqichiga kirdi. Opta nashri superkompyuterlar yordamida jamoalarning turnirdagi g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, Fransiyaning "PSJ" klubi AQSh maydonlarida o‘tayotgan musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib turibdi — 38,54 foiz.
"Chelsi" klubi ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Superkompyuter ularning imkoniyatini 33,86 foizga baholagan. Madridning "Real" jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi. Ularning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovriniga ega chiqish ehtimoli 24,67 foizga teng.
Yarim finalning to‘rtinchi ishtirokchisi "Fluminense" esa 2,93 foiz bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Opta superkompyuterining taxminiga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoritlari:
"PSJ" — 38,54 %
"Chelsi" — 33,86 %
"Real Madrid" — 24,67 %
"Fluminense" — 2,93 %