locale OZ

Opta Portugaliya terma jamoasining JCH-2026dagi g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi

K guruhida Portugaliya jamoasiga Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari raqib bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta Portugaliya terma jamoasining JCH-2026dagi g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi
ФОТО: Getty images

Superkompyuter Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 dagi imkoniyatlarini baholadi. Tadqiqot natijalari Opta Analyst’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Portugaliya bo‘lajak jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun da’vogarlar reytingida beshinchi o‘rinda turadi, portugaliyaliklarning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 7% ga baholanmoqda. Roberto Martines jamoasining finalga chiqish ehtimoli 13%, yarim finalga — 23,7%, chorak finalga — 40,2%ni tashkil etdi.

K guruhida Portugaliya jamoasiga Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari raqib bo‘ladi.

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining final qismida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqalar 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting