locale OZ

Opta Kanada — Marokash o‘yini favoritini aytdi

Raqamlar Marokash tomonida, ammo pley-offda bitta gol ham butun ssenariyni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Opta Kanada — Marokash o‘yini favoritini aytdi
Foto: Getty Images

JCh-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Kanada — Marokash uchrashuvi oldidan Opta superkompyuteri jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Marokash bu bahsda favorit sifatida ko‘rilmoqda. Opta marokashliklarning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimolini 51,8 foiz deb baholagan.

Kanadaning asosiy vaqtdagi g‘alaba ehtimoli esa 21,7 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, o‘yinning qo‘shimcha vaqt yoki penaltilar seriyasiga o‘tish ehtimoli 26,5 foiz deb ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kanada guruh bosqichida 4 ochko jamg‘arib, B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan. Marokash esa C guruhida 7 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan pley-offga chiqqan.

1/16 finalda Kanada JARni 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting