Opta: «Arsenal» APL chempionligi uchun asosiy favorit
“Manchester Siti”ning imkoniyati esa 12,74 foizga baholandi.
ФОТО: Getty images
Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 32-turidan keyin chempionlik poygasi bo‘yicha yangilangan taxminlarini e’lon qildi.
“Arsenal”ning chempion bo‘lish ehtimoli 87,26 foizni tashkil qilmoqda.
“Manchester Siti”ning imkoniyati esa 12,74 foizga baholandi. Qayd etilishicha, 32-tur bahslaridan avval London klubining chempionlik imkoniyati 97,7 foiz edi.
Ayni paytda “Arsenal” 70 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” esa 64 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, keyingi tur markaziy bahsida aynan “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 19 aprel kuni “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist