Opta Argentina terma jamoasining JCH—2026 dagi g‘alaba imkoniyatlarini baholadi
Opta portali Argentina milliy terma jamoasining Jahon chempionati—2026 dagi imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, Argentina bo‘lajak jahon birinchiligida g‘oliblikka da’vogarlar orasida to‘rtinchi o‘rinda turibdi, jamoaning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 10,4 foizga baholanmoqda. Lionel Skaloni jamoasining finalga chiqish ehtimoli 18,1%, yarim finalga — 30,3%, chorak finalga esa 45,2%ni tashkil etdi.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati—2026 da J guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya jamoalari bilan o‘ynaydi.
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Turnir 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.