Opta Angliya terma jamoasining JCh-2026dagi g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi
Superkompyuter Angliya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.
Tadqiqot natijalari Opta Analyst’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya bo‘lajak jahon birinchiligida g‘alaba qozonishga da’vogarlar reytingida kuchli uchlikni yakunlab turibdi, “uch sherlar”ning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 11,2 foizga baholanmoqda. Tomas Tuxel jamoasining finalga chiqish ehtimoli 19 foizni, yarim finalga — 30,3 foizni, chorak finalga — 47,7 foizni tashkil etdi.
JCh-2026da Angliya terma jamoasi L guruhida Xorvatiya, Gana va Panama jamoalari bilan o‘ynaydi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqalar 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.