Onana Turkiyada «MYU»dagidan ko‘proq maosh oladi
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana faoliyatini ijaraga asosida “Trabzonspor”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kamerunlik kiper barcha hujjatlarni imzolagan, yaqin orada klub tomonidan rasmiy tasdiq kutilmoqda. Kelasi haftada esa u yangi jamoasiga qo‘shiladi.
Insayder Ben Jeykobning ma’lum qilishicha, Turkiyada darvozabon “MYU”dagidan ko‘proq maosh oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda unga imzo uchun bonus va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ham beriladi.
Ma’lumot uchun, Onana o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist