locale OZ

Onana \"MYU\"da qolmoqchi

Unga Fransiyadan taklif bo‘lmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Onana "MYU"da qolmoqchi
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana Fransiya chempionatidan taklif bo‘lishiga qaramay, jamoada qolmoqchi.

The Times xabariga ko‘ra, 29 yoshli kamerunlik posbonga “Monako” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Monegasqlar allaqachon Onana bo‘yicha taklif yuborgan.

Shunga qaramay, Andre “Manchester Yunayted”da qolishni xohlamoqda va asosiy tarkib uchun raqobatlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, kamerunlik futbolchi 2023 yilning yozida 47 million funt evaziga "Inter"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting