locale OZ

Onana 24 soat ichida «Trabzonspor» bilan shartnoma imzolaydi

U ijara asosida Turkiya klubiga yo‘l olmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Onana 24 soat ichida «Trabzonspor» bilan shartnoma imzolaydi
ФОТО: Getty images

"Manchester United" darvozaboni Andre Onana yaqin 24 soat ichida agenti bilan Turkiyaga yo‘l oladi, deb xabar berdi insayder Fabrizio Romano.

29 yoshli kamerunlik futbolchi 2026 yil iyungacha ijara asosida "Trabzonspor"ga o‘tadi. Kelishuvda sotib olish opsiyasi va ijara haqi mavjud emas.

Onana 2023 yildan beri "MYU"da o‘ynamoqda. U 102 ta o‘yinda maydonga tushib, 150 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Qayd etilishicha, Onana “MYU”dagiga qaraganda Turkiyada ko‘proq maosh olishi xabar qilingandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting