Omar Marmushning “Tottenhem”ga transferi amalga oshmasligi mumkin
“Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmush Londonning “Tottenhem” klubiga o‘tmasligi mumkin. “Shporlar” misrlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq transferning moliyaviy tomoni kelishuvga asosiy to‘siq bo‘lib turibdi.
“Everton”ning sobiq bosh direktori Kit Uayness ma’lumotiga ko‘ra, “Tottenhem” transfer summasidan tashqari agentlik haqi, futbolchiga beriladigan bonuslar va boshqa xarajatlar uchun yana taxminan 23,4 million yevro sarflashi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, Marmushning maoshi ham London klubi uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkin. Misrlik hujumchi “Manchester Siti”da yiliga taxminan 17 million yevro maosh oladi. Shu sabab “Tottenhem” rahbariyati futbolchini transfer qilish masalasida ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Marmush “Manchester Siti”ning “Arsenal”ga qarshi Angliya Superkubogi bahsida maydonga tushgan edi. “Siti” 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda misrlik futbolchi 37 daqiqa harakat qildi va samarali harakat bilan ajralib tura olmadi.