\"Oltin to'p\"ni topshirish marosimi qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images
"France Football" nashri tomonidan har yili dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to'p" marosimi qachon bo'lib o'tishi aniq bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, mukofot joriy yilning 22 sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida o'zining yangi egasiga topshiriladi. Tadbir Parijdagi “Shatle” teatrida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, 2024 yilda ushbu sovrinni "Manchester City" yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgan edi.