locale OZ

“Oltin to'p” uchun nomzodlar qachon e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Oltin to'p” uchun nomzodlar qachon e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

“Oltin to'p” mukofoti asoschisi bo'lgan Fransiyaning mashhur France Football jurnali 7-avgust kuni 2025-yilgi sovrin uchun nomzodlarni e'lon qiladi. Bu haqda “Oltin to'p” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, “Oltin to'p” - jurnal tomonidan bir kalendar yilining eng yaxshi futbolchisiga beriladigan yillik futbol mukofoti hisoblanadi. Bu har bir futbolchi uchun eng nufuzli individual mukofot hisoblanadi.

Dastlabki mukofot 1956-yilda topshirilgan. Uning France Football nashrining sobiq bosh muharriri Gabriel Hanot ta'sis etgan. “Oltin to'p”ning birinchi g'olibi angliyalik hujumchi Stenli Metyus bo'lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting