«Oltin to‘p» uchun asosiy favorit o‘zgardi
Yamal birinchi o‘ringa chiqdi.
Фото: Getty Images
2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun bukmekerlar kotirovkalarini yangiladi. Avvalroq Garri Keyn asosiy favorit hisoblangan bo‘lsa, endi «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal birinchi o‘ringa chiqdi.
Amaldagi kotirovkalarga ko‘ra, Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish ehtimoli 41 foiz atrofida baholanmoqda. Keynning imkoniyatlari esa 37 foizga teng.
Qolgan futbolchilarning imkoniyatlari ancha past. Kilian Mbappe 4,9 foiz bilan uchinchi, Lionel Messi esa 3,68 foiz bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofoti 26-oktabr kuni Londonda topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur sovrinni Usmon Dembele qo‘lga kiritgan, Lamin Yamal esa ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.