locale OZ

Olti karra Bundesliga chempioni faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin

Neapolliklar qishki transferlar vaqtida bir qator transferlarni amalga oshirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olti karra Bundesliga chempioni faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Napoli» klubi jamoani kuchaytirish uchun «Bavariya» yarimhimoyachisi, 30 yoshli Leon Goretskani ustuvor variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar Goretskani yanvar oyida sotib yuborishi ehtimoli past, garchi futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakunlansa ham. Shu sababli «Napoli» rahbariyati muqobil nomzodlarni ham o‘rganmoqda. Ular orasida Kobbi Maynu («Manchester Yunayted»), Lorenso Pellegrini («Roma») hamda Sungutu Magassa («Vest Hem Yunayted») bor.

Leon Goretzka 2018 yil yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi klub bilan birga olti bor Germaniya chempioni bo‘ldi. U barcha musobaqalarda jami 287 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol va 48 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Leon Goretzkaning hozirgi bozor qiymati 15 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting