Olmo APLga yo‘l olishi mumkin
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Olmoning vakillari futbolchining xizmatlarini Angliya chempionatining yetakchi klublariga taklif qilgan. Ular orasida «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» bor.
Qayd etilishicha, ushbu klublarning barchasiga transferni yanvar oyida amalga oshirish imkoniyati mavjudligi haqida ma’lumot berilgan. Biroq hozircha «Barselona» rahbariyatiga Olmo bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushmagan.
28 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda Olmo uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali esa Dani Olmoning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.