locale OZ

«Olmaliq» yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi

Mamlakatimizning eng nufuzli futzal klublaridan biri — Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Olmaliq» yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi
photo: OKMK fk

“Olmaliq” yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi.

Mamlakatimizning eng nufuzli futzal klublaridan biri — Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

OKMK klubi bosh direktori Bahodir Mirzayevning ma'lum qilishicha, ayni paytda jamoada murabbiylar shtabi yangilanmoqda.

Ma'lumki, besh karra O‘zbekiston chempioni, shuningdek, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi musobaqalarining bir necha karra g‘olibi bo‘lgan jamoa 2025/2026-yilgi mavsum yakunida bosh murabbiy Aleksandr Petrov bilan do‘stona xayrlashdi hamda uning klub rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Hozirda jamoaning o‘tgan mavsumdagi asosiy tarkibi saqlab qolingan. Shu bilan birga, tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida mahalliy va xorijlik futzalchilar ko‘rikka taklif etilgan. Mashg‘ulotlar avgust oyidan Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasi zalida olib boriladi.

Bahodir Mirzayev:

"Klub rahbariyati futzal jamoamiz oldiga har doim yuksak maqsadlarni qo‘yadi. Bu mavsum ham bundan mustasno emas. Nasib qilsa, chempionlik uchun kurashamiz. Bunga kuchimiz ham, salohiyatimiz ham yetarli."

Klub infratuzilmasi va tashkiliy tuzilmasida ham qator yangilanishlar amalga oshiriladi. Jumladan, futzal jamoasi yana o‘zining tarixiy “Olmaliq” nomi bilan faoliyat yuritadi. Shuningdek, klubning yangi ramzi va atributikalarida ham zamonaviy o‘zgarishlar joriy etiladi.

Yangi mavsum oldidan olib boriladigan tayyorgarlik jarayoni, transfer yangiliklari hamda jamoaga qo‘shilayotgan mahalliy va xorijlik futzalchilar haqida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam ma'lumot berib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting