locale OZ

Olli Uotkins: “Saudiya Arabistonidagi futbol darajasi APL bilan taqqoslash mumkin”

Angliyalik forvardning aytishicha, u yangi jamoasiga o‘tganidan keyin ko‘rgan daraja Angliya Premyer Ligasi bilan bemalol taqqoslanishi mumkin.
Olli Uotkins: “Saudiya Arabistonidagi futbol darajasi APL bilan taqqoslash mumkin”
Foto: Getty Images

“Al-Hilol” hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistoni chempionatidagi futbol saviyasi haqida fikr bildirdi. Angliyalik forvardning aytishicha, u yangi jamoasiga o‘tganidan keyin ko‘rgan daraja Angliya Premyer Ligasi bilan bemalol taqqoslanishi mumkin.

“Men bu yerda ko‘rgan saviya APL darajasiga yaqin. Bu yerda o‘ynashni va sovrinlar yutishni istayman. Buning uchun jamoada barcha imkoniyatlar mavjud. Har bir uchrashuvda gol urishga harakat qilaman”, — dedi Uotkins ESPN’ga bergan intervyusida.

30 yoshli hujumchi ayni paytda hali optimal sport formasiga kirib ulgurmaganini ham tan oldi. Shunga qaramay, Uotkins yaqin vaqt ichida o‘z ritmini topib, jamoaga ko‘proq foyda keltirishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Uotkins joriy yozda “Aston Villa”dan “Al-Hilol”ga 58,4 million yevro evaziga transfer qilindi. Angliyalik hujumchi yangi jamoasi safidagi ilk uchrashuvidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting