Oliygoh rahbari FarDU futbol klubi vakillari bilan uchrashuv tashkil etdi
Bugun Farg'ona davlat universtetining "FarDU" futbol klubi O'zbekiston Pro-ligasida mavsumning ilk uchrashuvini safarda "Paxtakor-farm" klubiga qarshi o'tkazadi. Ayni damda futbol klub vakillari Toshkent shahrida bo'lib turishibdi.
Jamoa a'zolarini o'yin oldidan qo'llab-quvvatlash maqsadida bugun Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov "FarDU" futbol klubi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etdi.
"Bugun, mavsumning ilk hal qiluvchi o'yini oldidan, butun Farg'ona davlat universiteti jamoasi sizlarni qo'llab-quvvatlab turibdi. Viloyat rahbariyati, Farg'ona ahli sizlardan faqat g'alaba kutmoqda. Sizlarning har bir g'alabangiz - bu universitetimizning, butun Farg'onaning yutug'idir. Maydonda bor kuchingizni ko'rsatib, g'alaba qozonishingizga ishonaman"
- dedi Bahodirjon Shermuhammadov.