Oliy liganing 2-tur bahslari jamoalarni yana Jizzaxda jamlaydi
Oliy liganing 2-tur bahslari jamoalarni yana Jizzaxda jamlaydi
Mamlakat XXX milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur bahslari ham Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Tur uchrashuvlari 30-sentabrdan 5-oktabrga qadar davom etadi.
Mazkur turda ham muxlislarni deyarli har kuni bir qator qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar kutib turibdi. Ayniqsa, 2-tur o‘tgan mavsum vitse-chempioni “SQB” jamoasi uchun ancha qiyin taqvimni taqdim etmoqda. Poytaxtliklar turni Liga debyutanti “Sayxun”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi va amaldagi chempion BMB, shuningdek, besh karra O‘zbekiston chempioni “Olmaliq”ga qarshi uchrashuvlar bilan yakunlaydi.
Shuningdek, bu yilgi mavsum peshqadamlari BMB — Nurafshon uchrashuvi va qolgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar ham muxlislar e’tiborida bo‘lishi shubhasiz. Shunday ekan, taqdim etilayotgan taqvim asosida 2-tur uchrashuvlarini kuzatib borishni tavsiya etamiz.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2-turdagi barcha uchrashuvlarni o‘zining YouTube kanali orqali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.