locale OZ

Oliy liga peshqadami — BMB PFC jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

Dilshod Rahmatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oliy liga peshqadami — BMB PFC jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi
photo: Surxon fk

"BMB PFC"da bosh murabbiy o‘zgardi

Oliy liga peshqadami — BMB PFC jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Klubning rasmiy Telegram kanali xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilindi.

7-tur doirasidagi qolgan uchrashuvlarda jamoani maydonga shu kungacha bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan Aziz Mamatov boshlab tushadi. Klub ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, unga bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyati yuklatildi.

Klub rasmiy bayonotida quyidagilar ta’kidlangan:

“Dilshod Rahmatov jamoamiz bilan birgalikda muhim bosqichlarni bosib o‘tdi va klub tarixidagi yorqin lahzalarga o‘z hissasini qo‘shdi. Unga kelgusi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilab qolamiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting