Olise Yevropa top-5 ligalarida eng yaxshi assist muallifiga aylandi
Maykl jami 30 ta assistni amalga oshirgan.
ФОТО: Getty images
Maykl Olise 2025/2026 yilgi mavsumda assistlar soni bo'yicha Yevropaning top-5 ligalarida eng yaxshi futbolchiga aylandi.
Opta ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli “Bavariya” va Fransiya terma jamoasi a'zosi mavsum boshidan jami 30 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shulardan 26 tasi “Bavariya”, yana 4 tasi Fransiya termasi hissasiga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Yevropaning yetakchi beshta chempionatida o'ynayotgan futbolchilar orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, JCH–2026 guruh bosqichi 2-turida Fransiya terma jamoasi Iroqni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bahsda Olise ikki marta assist qayd etdi — u avval 14-daqiqada Kilian Mbappega, so'ngra 66-daqiqada Usmon Dembelega golli uzatma berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist