locale OZ

Olise “Real Madrid”ga o‘tishni xohlamoqda

Biroq “Bavariya” o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise “Real Madrid”ga o‘tishni xohlamoqda
Foto: Getty Images

Fransiyalik vinger Maykl Olise joriy yozda faoliyatini **“Real Madrid”**da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda fransiyalik jurnalist Santi Auna xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi “Real Madrid”ni faoliyatidagi keyingi bosqich uchun eng maqbul variant deb hisoblamoqda. Madrid klubi ham Oliseni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda va uning transferi uchun rekord darajadagi mablag‘ ajratishga tayyor.

Biroq “Bavariya” o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan. Myunxen klubi Oliseni sotishni rejalashtirmayapti va uni jamoaning kelajagi uchun muhim futbolchilardan biri deb hisoblamoqda. Avvalroq klub rahbariyati va vakillari futbolchi transfer uchun mavjud emasligini bir necha bor ta'kidlagan edi.

Shu tariqa, Olisening istagiga qaramay, uning transferi faqat “Bavariya” o‘z qarorini o‘zgartirgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Hozircha Germaniya chempionlari fransiyalik vinger bilan xayrlashishni istamayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting