Olise Pelening rekordini yangiladi
Maykl uchun joriy mundialdagi yettinchi assist bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise bir Jahon chempionatida eng ko‘p golli uzatma berish bo‘yicha Pelega tegishli rekordni yangiladi.
Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Mayami shahrida Angliyaga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda Olise Kilian Mbappega ikki marta — 48 va 66-daqiqalarda golli uzatma berdi.
Bu golli uzatmalardan ikkinchisi Olise uchun joriy mundialdagi yettinchi assist bo‘ldi. Shu tariqa u Pele 1970 yilgi Jahon chempionatida o‘rnatgan oltita golli uzatma rekordini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Maykl Olise Myunxenning “Bavariya” klubi sharafini himoya qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist