locale OZ

Olise faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirmoqchi

Fransiyalik futbolchi uchun “Real Madrid” eng jozibador variantlardan biri hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirmoqchi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Maykl Olise kelajakda faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi uchun “Real Madrid” eng jozibador variantlardan biri hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi Oliseni transfer qilish imkoniyatini o‘rganishda davom etmoqda. Avvalroq “Real” futbolchiga bo‘lgan qiziqishidan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Falkning ta’kidlashicha, madridliklar vingerning vaziyatini kuzatishni to‘xtatmagan.

“Bavariya” esa futbolchi bilan shartnomani uzaytirish orqali uning kelajagiga oydinlik kiritishni istamoqda. Agar Olise yangi kelishuvga imzo cheksa, “Real Madrid”ning uni sotib olish imkoniyati kamayishi mumkin. Shu bilan birga, “Manchester Siti” ham futbolchiga qiziqish bildirishi ehtimoli mavjud.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Maykl Olise 2024-yilda Londonning “Kristal Pelas” klubidan “Bavariya”ga o‘tgan. Fransiyalik vinger Myunxen jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Hozircha uning transferi yuzasidan rasmiy muzokaralar boshlangani ma’lum emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting