Olise «Bavariya»ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
Maykl Keyn va Diasni ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” vingeri Maykl Olise 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
24 yoshli Olise 2024/2025 yilgi mavsumda 50 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2025/2026 yilgi mavsumda esa u yanada hayratlanarli natijalarni ko'rsatib, klub uchun 57 ta rasmiy o'yinda 25 ta gol urdi va 28 ta golli uzatma berdi.
2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi o'yinchisi uchun o'tkazilgan ovoz berishda u 51,4% ovoz to'plab, hujumchi Harri Keyn (32%) va Luis Diasni (4%) ortda qoldirdi.
Myunxenning “Bavariya” klubi o'tgan mavsumda 34 ta o'yinda 89 ochko to'plab, Germaniya chempionati g'olibi bo'ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist